27/12/2024
Germaniyada o'qish uchun 6 ta sabab

Germaniyada o’qish uchun 6 ta sabab

Germaniyada o’qish uchun 6 ta sabab

Germaniyada o’qish uchun 6 ta sabab. Aslida sabablar juda ko’p.Lekin bugun eng muhim 6 tasini bilib olasiz. Germaniya ta’lim tizimi dunyodagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Xo’p, bu ta’lim tizimining biznikidan farqi nima? Nega aynan ko’p yoshlar Germaniyada ta’lim olishni istashadi? Shu va boshqa savollarga ushbu maqolada javob topasiz.

1.Bepul oliy ta’lim

Dunyoning ko’pgina davlatlarida oliy ta’lim olish yetarlicha mablag’ni talab qiladi. Shu qatorda O’zbekistonda ham. Ko’pchilik shartnoma pulini to’lay olmagani uchun, oliygohda ta’lim olish baxtiga erisha olmaydi. Lekin bu narsa Germaniyada boshqacha. Germaniyaning barcha davlat Universitet va institutlarida o’qish bepul. Bu imkoniyat faqat Germaniya fuqarolari uchun emas, balki barcha talabalar uchun. Shu sababdan Germaniyada o’qiyotgan chet el talabalari juda ham ko’p. O’qish jarayonida nafaqat keraklicha bilim, balki dunyoning turli davlatlaridan tanish va do’st orttirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

2.Sifatli ta’lim

Germaniya so’zini eshitganimizda birinchi bo’lib hayolimizga vaqtga amal qilish va sifat tushunchalari keladi. Ta’lim sohasida ham Germaniya sifat bo’yicha yetakchilardan biri. Shuning uchun Germaniya Universitetlarining diplomi bilan dunyoning istalgan mamlakatida ishlashinggiz mumkin. Chunki nemis diplom, sizda shu diplomga yarasha bilim ham borligini ko’rsatadi.

3.Davomat, forma va dars jadvali

Germaniyada o’qishning bizning oliygohlarda o’qishdan farqi juda katta. Masalan: siz darsga borishinggiz majburiy emas. Darsga bormasdan turib ham, o’rganishga ko’zinggiz yetsa  bo’lgani. Shunaqa bo’lsa ham, lekin leksiya va seminarlarni talabalar o‘tkazib yubormaslikka harakat qilishadi. Sinf xonalari odatda to’la. Chunki professorlar juda kerakli ma’lumotlar va o’z tajribalaridan ham misollar keltirishadi. Bu narsalarni internet yoki kitobda topish amri mahol.

Forma maslasi ham juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Aniqrog’i sizdan hech kim forma talab qilmaydi. O’zinggizga qulay kiyimda kelaverasiz. Ayniqsa bu yoz oylarida juda qo’l keladi. Har xolda yozning jaziramasida oq ko’ylak va bo’yinbog’ taqib o’tirishning o’zi bo’lmaydi.

Shaxsan men uchun eng katta yangilik bu dars jadvali bo’lgan. Dars jadvalinggizni o’zinggiz tuzasiz. Qaysi fanlarga qiziqsanggiz marhamat, shu fanlarni tanlang va o’qing. Semestrda nechta fan tanlash ham o’zinggizga bog’liq. O’qishni tugatib diplom olishinggiz uchun yetarlicha fanlarni o’qib, kerakli ballni to’plasanggiz bo’lgani.  Qisqa qilib aytganda, sizni hech kim hech narsaga majburlamaydi. Hammasini o’z xoxishinggiz bilan qilasiz. Mening fikrimcha bu juda yaxshi yo’l. Chunki odam bir narsani o’zi xoxlab qilsa, albatta bunda natija ham shunga yarasha bo’ladi.

4.Imtihonlar jarayoni

Imtihonlar jarayoni ham biznikidan ancha farq qiladi. Semestr mobaynida sizga hech qanday baho qo’yilmaydi. Daftar yoki konspekt degan narsa ham yo’q. Semestr oxirida har bir fandan imtihonlar bo’ladi. Birorta fanga darsga qatnashsanggiz bu sizni shu fandan imtihon topshirishinggiz majburiy degani emas. Imtihonga ham o’zinggiz xoxlab borasiz. Xoxlamasanggiz bormang, lekin bu holatda sizga hech qanday ball berilmaydi. Eng asosiysi imtihondan o’tib olish. Imtihonga kirish uchun siz kamida 3 oy oldin, shu imtihonga onlayn yozilishinggiz shart. Aks holda siz imtihonga kiritilmaysiz.

Faqat biliminggiz bo’lsagina imtihondan o’tasiz. Boshqa hech qanday yo’li yo’q. Bizdagi tanish-bilish, yoki biror narsa evaziga baho olish degan narsalar yo’q. Rektorning farzandi bo’lsanggiz ham, sizga hech qaysi o’qituvchi shunchaki baho qo’yib bermaydi.

5.Hayotning yuqori sifati

Yuqori sifat tushunchasi Germaniya bilan chambarchas bog’liq. Bu narsa kundalik turmush tarzida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Odamlarning kayfiyatiga qarab ham bu narsani oson anglab olish mumkin. Germaniyada talaba bo’lish bu katta baxt va imkoniyat. O’qishdan tashqari  albatta boshqa qiziqarli mashg’ulotlar ham topasiz. Sport, musiqa, sayohat, muzeylar va turli xil to’garaklar. Shunchaki ko’chada aylanib yurib ham, nemis arxitekturasi va tabiatidan zavqlanmaslikning iloji bo’lmasa kerak.

6.O’qish vaqtida ishlash imkoniyati

Shaxsan menga eng yoqqan tomonlaridan biri shuki, o’qish vaqtida talabalarga ishlash imkoniyati ham mavjud. Semestr davomida haftasiga 20 soatgacha, ta’til vaqtlari esa to’liq ishlashga ruxsat berilgan. Bu o’z xarajatlaringgizni bemalol qoplash va Yevropa bo’ylab sayohat qilishga imkon beradi. Tejamkor talaba bo’lsanggiz, o’qish davomida yetarlicha mablag’ ham yig’ib olasiz. Qisqa qilib aytganda, Germaniyada talaba bo’lish bu baxt. Bu baxtni qo’lga kiritish o’z qo’linggizda. Harakat qiling va Germaniyada talaba bo’lishdan zavq oling!!!  

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.