29/03/2024
Ferienjob

Ferienjob-ta’til vaqtida pul ishlab olish

Ferienjob-ta’tilni foydali va maroqli o’tkazish

Ferienjob- yaxshigina pul ishlab olish, Yevropa bo’ylab sayohat va unutilmas xotiralar.  Döstlar, bugun biz sizlarga yaxshi bir yangilikni bölishmoqchimiz. Eslatib ötaman bizning maqsadimiz O’zbekistondagi talaba döstlarimizga Germaniyaga öqish, ish, amaliyot va boshqa yönalishlar böyicha kelishga yordam berish. Bularning orasida yana bir ajoyib imkoniyat sanaladigan dastur – Ferienjob, ya‘ni talabalar uchun ta‘tildagi ish dasturidir. Bu dasturda ayni damda talaba hisoblanadigan har bir inson qatnashishi mumkin.

Ferienjob – ta‘tildagi talabalar ish dasturi sizga juda ajoyib imkoniyatlar beradi. Bulardan eng muhimlari:

  • Yevropa böylab sayohat;
  • Yaxshigina pul ishlab olish;
  • Yangi do’stlar orttirish;

Albatta men uchun eng katta rol öynaydigan jihati – Yevropadagi va dunyodagi muhit bilan tanishish, yoshlar, ilmli insonlar, biznesmenlar va turli xil insonlar bilan fikr almashish imkoniyatidir. 

Siz ish jarayonida ösha soha böyicha juda köp ma’lumotlar töplashingiz, bu sohada  kelajakda özingiz uchun biznes g’oyalar yaratishingiz mumkin. Bundan tashqari, ma’lum muddat mobaynida Yevropada yashaganinggiz sizga juda katta ta‘sir qiladi. Dunyoqarasash va fikrlash doiranggiz anchagina boyiydi. Bu jarayonni biz bir nechta döstlarimiz bilan o’z boshimizdan ötkazdik va unutilmas xotira va tajribalar töpladik. Agar siz ham buni öz közingiz bilan körmoqchi bölsangiz, bu imkoniyatni qöldan boy bermang, biz esa bu yölda sizga yordamchimiz.

Oylik ish haqi va xarajatlar

Eng qiziq va muxim tarafi bu oylik ish haqi. Ko’pchilik birinchi puliga qiziqishi turgan hol. Siz yetarlicha pul ishlab topasiz. Oyiga o’rtacha 1000-2000 €. Bu sizni qayerda ishlashinggizga bog’liq albatta. Sal kam 3 oy mobaynida anchagina pul ishlab olasiz. Bu o’zinggiz va oilanggiz uchun juda katta yordam albatta.

Xarajatlar unchalik ko’p emas. Albatta siz bu xarajatlaringgizga hech achinmaysiz. Taxminiy xarajatlar quyidagicha:

  • Hujjatlarni tarjima qilish va jo’natishga taxminan 200-300 ming so‘m atrofida;
  • Samolyotning boorish va kelish chiptasi 500-600 €;
  • Boshida zahira sifatida yana 200€ olvolganiz yaxshi. Lekin bu majburiy emas;
  • Agar biz sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchini topib bersak xizmat haqi olinadi.

Unutmang, biz sizga tekinga maslahat beramiz va sizdan ozgina harakat talab qilinadi xolos. Agar shu ozgina harakatga dangasalik qilsanggiz, unda biz siz uchun shu harakatni ham qilamiz. Albatta bu holatda avval xizmat haqqi kelishib olinadi.

Til bilish darajasi

Eng ko’p beriladigan yana bir savol, ingliz tili bilan ham shu dasturga topshirsa bo’ladimi. Albatta, agar ingliz tilingiz juda yaxshi bo’lsa imkoniyat ham yaxshiroq bo’ladi. Lekin nemis tilini ham kamida so’zlashuv darajasida bilish kerak bo’ladi, chunki unutmang siz nemiszabon davlatiga bormoqchisiz, bu darjaga yetish siz o’ylaganchalik qiyin emas. Eng kamida A2 daraja kerak bo’ladi. Til bilish darajanggiz qancha yuqori bo’lsa, imkoniyat ham shuncha ko’proq.

O’zimning hayotiy tajribam

Endi esa ruxsatingiz bilan o’zimning xuddi shu dastur orqali kelib o’z boshimdan kechirganlarimni qisqagina so’zlab beraman. Men, do’stim Jasur bilan 2017-yilda McDonald’s ga ishga keldik. Ish va yangi hamkasblar bilan tanishib va ko’nikib olishga ozroq vaqt ketdi. Keyin hammasiga ko’nikib olib ishdan bo’sh vaqtlarimizda sayohat qilishga kirishdik. Tajribamiz uncha ko’p bo’lmagani uchun faqat Germaniyani ichida sayohat qildik. Chet davlatlarga chiqishga ozgina cho’chidik to’g’risi. Chunki bu anchagina xarajat ham talab qilar edi. Germaniyaning o’zida ham sayohat qiladigan joy yetarli va anchagina arzon sayohat qilish mumkin. Tunagani Hostellar bor, bir kechaga 8-10 yevro. Bundan tashqari Germaniyaning har bir burchagida hozir o’zbeklar bor. O’shalarnikida bepul ham tunab qolsa bo’ladi. Bizda asosan shunaqa holat bo’lardi.

3 oy mobaynida Germaniyani bemalol aylanib chiqishga ulgurdik. Biz odatda hafta oxirida sayohatga chiqardik. O’sha mashhur Alianz Arena stadioni deysizmi yoki Berlindagi Brandenburger Tor barchasini o’z ko‘zimiz ko’rib, albatta esdalikka rasmga ham tushdik😊 Unutilmas xotiralar, anchagina pul, yangi do’stlar va bir chemodan sovg’a salomlar bilan O’zbekistonga qaytdik. Ferienjob bizga juda ko’p narsa berdi. Ferienjob qiling va o’z hayotinggizda unutilmas bir sahifa qoldiring.

Matn muallifi: Asliddin Ergashev

Yordam va maslahatlar uchun bizga murojaat qiling! Hurmat bilan Uzberlin.de.

4 thoughts on “Ferienjob-ta’til vaqtida pul ishlab olish

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.