Germaniyadan O’zbekistonga oson va tez pul o’tkazish
Germaniyada yurgan o’zbek borki O‘zbekistonga pul jo’natadi. Xox u talaba bo’lsin, Aupair yoki Germaniyada anchadan beri yashayotgan o’zbek. Hozirgi vaqtda pul jo’natishning turli xil yo’llari bor. Online, bank orqali yoki kim bilandir berib yuborish. Xo’p, bularning qaysi biri ishonchli va arzon? Sizga pulinggiz soniyalar ichida O’zbekistonga yetib boradi va bu uchun xattoki hech qanday komission to’lov olinmaydi desam ishonasizmi? Hozirda bunday imkoniyat mavjud. Bu imkoniyatni sizga Paysend taqdim etadi va Uzberlin.de saytining promokodi orqali o’tkazmani komission to’lovsiz amalga oshirasiz. Uzberlin saytining promokodi: 007xp9
Paysend orqali pul jo’natish
Paysend bu eng yangi xalqaro pul o’tkazma tizimi bo’lib, hozirgi vaqtda dunyoning 80 dan orqali davlatiga pul o’tkazish imkoniyatini beradi. Boshqa tizimlardan farqi va qulayligi shuki, pul o’tkazmalari tez va arzon amalga oshadi. Ro’yhatdan o’tish juda oddiy. Sizdan faqatgina telefon raqamini kiritish talab qilinadi. Hamma jarayonlar online va juda tez amalga oshadi. Pul ma’lum bir soniyalar ichida O’zbekistonda qabul qiluvchining plastik kartasida bo’ladi.
Yuborish jarayoni
Jarayon juda oddiy. Paysend.com saytiga kirasiz va pul yuborishni tanlaysiz. Ro’yhatdan O’zbekistonni topib, yubormoqchi bo’lgan summani kiritasiz. Keyin sizdan telefon raqaminggizni kiritish so’raladi. Shu raqamga sizning shaxsiy kabinetinggizga kirish uchun kod yuboriladi. Shaxsiy kabinetda siz avval yuborgan mablag’lar va kartalaringgiz haqida ma’lumot topasiz. Pul yuborish uchun sizga Master/Visacard yoki oddiy bank kartasi kerak bo’ladi.
Master yoki Visacard bilan to’lov
Master yoki Visa kartanggiz bo’lsa shunchaki karta raqamlari va amal qilish muddatini kiritish kifoya. Sizda Master yoki Visacard bo‘lmasa unda albatta N26 kartasini ni taklif qilaman. N26 bu Mastercard va Girocard bitta kartada bo’ladi. Bu sizga juda qulay. Barcha online to’lovlar uchun, internetdagi xaridlar hech qanday ortiqcha komission to‘lovlarsiz amalga oshiriladi. Eng asosiysi karta ochish jarayoni oddiy va bepul. Hammasi 5 daqiqa ichida amalga oshadi. Mastercard uchun hech qanday oylik va yillik to’lovlar yo’q. Bu esa juda ham zo’r. Bundan tashqari sizga Mastercardga qo’shib 15 yevro miqdorida bonus ham berishadi. O’z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, Yevropada va butun dunyoda bu karta sizga juda as qotadi. N26 karta ochish va 15 yevro bonus olish!
Girocard ya’ni oddiy bank kartasi bilan to’lash
Oddiy bank kartasi bo’lsa ham muammo emas. Bunda siz Online Banking orqali Überweisung qilishinggiz kerak bo’ladi. Sizga Paysend Überweisung qilishinggiz uchun raqam beradi, siz shu raqamga pul o’tkazasiz. Paysendga bu pul tushgandan keyin ular O’zbekistondagi siz kiritgan kartaga tashlab berishadi. Odatda bu jarayon 1 yoki 2 ish kunini talab qiladi. Agar siz Online Bankingda Echtzeit Überweisung qilsanggiz bu jarayon o’sha vaqtning o’zidayoq amalga oshadi.
O’zbekistonda pul qanday olinadi
Paysendning qulayliklaridan biri shuki, pul o’zbek so’mida to’g’ri kartaga tushadi. Humo yoki Uzcard buning hech qanday farqi yo’q. Karta raqami va egasining ismi familiyasi bo’lsa bo’ldi. Pulinggiz o’sha kungi kurs bo’yicha so’mda hisoblanadi. Pul o’tkazmasini komission to’lovsiz bo’lishi uchun Uzberlin.de saytining promokodini kiritsanggiz bo’lgani. Shunda sizdan hech qanday ortiqcha to’lov olinmaydi. Paysend orqali pul yuborish!
O’ylaymanki ushbu maqola sizga foydali bo’ldi. O’zim anchadan beri Paysenddan foydalanib kelaman. Har doim tez va sifatli xizmat ko’rsatiladi. Pul yuborishda muammo yoki savollaringgiz bo’lsa bemalol murojaat qiling.