02/12/2024

Germaniyada Studienkolleg va bakalavr

Germaniyada bakalavr o’qish.

Germaniyada Studienkolleg va bakalavr. Bu mavzu juda ko’p yoshlar uchun qiziq ekanligi turgan gap. O’zbekistonda institutga kirish oson ish emas, buni barchamiz juda yaxshi bilamiz. Mabodo baxtinggiz kulib hozir talaba bo’lsanggiz  bemalol Germaniyaga bakalavrga hujjat topshirishinggiz mumkin. Buning uchun kamida O’zbekistonda ikki semester o’qigan bo’lishinggiz kerak. Bu holda siz Germaniyada bakalavrni birinchi semestrdan boshlaysiz. Oddiygina qilib aytganda o’qishizni ,,perevod” qilasiz.  Mendan ko’p o’zbek talabalari so’rashadi: o’qishimni bitirib keyin Germaniyaga magistr o’qishga boraymi yoki hozir bakalavrga harakat qilaymi deb. To’g’ri O’zbekistonda oliy o’quv yurtini tugatsanggiz diplom olasiz va albatta yaxshi, lekin Germaniyada nafaqat diplom, balki diplomga qo’shib bilim ham olasiz. Shunday ekan vaqtizni zoya ketqazmang! Germaniyada bakalavr asosan nemis tilida bo’lgani uchun, sizdan nemis tilini kamida B2 daraja bilish so’raladi.

Germaniyada Studienkolleg. Yo’nalishlar, hujjat topshirish va qay tarzda tanlash

Ko’pchilikka yaxshi ma’lumki litsey yoki kollejni bitirib Germaniyaga to’g’ridan to’g’ri bakalavrga topshirib bo’lmaydi. Buning uchun siz kamida bir yil Studienkolleg, ya’ni tayyorlov kursida o’qishinggiz  zarur. Yoki O’zbekistonda bir yil institutda o’qib, ana undan keyin to’g’ri bakalavrga topshirishning ham iloji bor. Xo’p, qaysi yo’lni tanlash kerak? Qaysi biri osonroq?

Studienkolleg bu oliy o’quv yurtiga tayyorlov kursidir. Afsuski, O’zbekistonda kollejni bitirib Studienkollegda o’qish imkoniyati yo’q. Faqatgina akademik litseyni bitirib Studienkolleg qilsa bo’ladi. Germaniyada bakalvr o’qish uchun kamida 13 yillik ta’lim kerak. Bizda esa bu 12 yil, 9 yil maktab va 3 yil litsey. Shu sababdan Germaniyda Studienkolleg deb nomlanuvchi bir yillik tayyorlov kurslari tashkil qilingan.

Studienkolleg yo’nalishlari.

Studienkollegda asosan T, M, W va G kursalari mavjud. Bu kurslarda quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi: 

  • T-texnika  va aniq fanlar yo’nalishi;
  • W-iqtisod va biznes;
  • M- tibbiyot, farmasevtika va biologiya;
  • G-kurslari gumanitar va germanistika;

 O’zinggizga kerakli bo’lgan kursni tanlang va qo’shimcha ma’lumotlar bilan tanishing. Studienkolleg haqida qo’shimcha ma’lumotlarni nemis tilida olish uchun quyidagini ustiga bosing: Informationen auf Deutsch

Germaniyada Studienkolleglar soni ko’p emas, shuning uchun kuchlilarni saralab olishadi. Gohida bitta o’ringa 10 tagacha nomzod bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun kuchlilar safida bo’ling imtihonga tayyorgarlikni hozirdanoq boshlang.

Qaysi Studienkollegni tanlasam yaxshi? 

Germaniyada taxminan 30 ga yaqin shunaqa tayyorlov maskanlari bor. Lekin qanday qilib tanlash kerak? Qaysi biri siz uchun eng ma’quli? Bu sizning keyinchalik qaysi yo’nalishda va qaysi oliygohda ta’lim olmoqchiliginggizga bog’liq. Hamma Studienkolleglar ma’lum bir Universitet huzurida bo’ladi. Mabodo siz tanlagan oliy o’quv yurti huzurida bunday maskanlar bo’lmasa, o’sha federal o’lkadagi boshqa joylarni ham izlab ko’ring. Studienkolleg diplomi sizga Germaniyadagi o’z yo’nalishinggiz bo’yicha xoxlagan bakalvrga kirish huquqini beradi. Lekin talabgorlarning soni ko’p bo’lgani uchun Universitet huzurida yoki o’sha federal o’lkada bo’lgan tayyorlov kurslariga borish yaxshiroq.

Hujjat topshirish jarayoni.

Hujjat topshirish jarayoni murakkab emas. Doimgidek bizga asosan ikkita hujjat kerak bo’ladi. Diplom va til bilish sertifikati. Diplom bu yerda litsey diplomi va nemis tili sertifikati, kamida B1 darajada, ayrim hollarda esa B2 bo’lishi kerak. Bu siz tanlagan Studienkolleg va yo’nalishga bog’liq.  Studienkollegda ingliz tilida o’qishning iloji yo’q. Shuni yoddan chiqarmang!

Ko’p hollarda hujjatlar to’g’ridan to’g’ri emas, balki  uni-assist orqali topshiriladi. Uni-assist haqida albatta tez orada ma’lumot joylashtiramiz.

Barcha Studienkolleglarning ro’yhati bilan tanishish uchun quyidagini ustiga bosing: Studienkolleg to’liq ro’yhati

Hujjat topshirish muddati bir xil emas. Shuning uchun o’ziz tanlagan Studienkolleg saytidan bu ma’lumotni aniqlab oling. O’qish odatda 1 yil ya’ni 2 semestr davom etadi. Har bir semestrga o’rtacha 250-300 € to’lov qilasiz va sizga jamoat transportlaridan foydalanish uchun karta beriladi. Bundan tashqari xususiy Studienkolleglar ham bor, lekin unda to’lovi juda yuqori. O’rtacha 5000-6000 €. Bu albatta kichik pul emas. Lekin ikkalasi ham sizga Germaniyada bakalvr o’qish huquqini beradi. Albatta Studienkolleg imtihonlarini topshirib olganinggizdan keyin.

11-sinfni bitirib ham Studienkolleg qilsa bo’ladimi?

O’zbekistonda maktablar qaytadan 11 yillik bo’lgandan keyin, eng ko’p beriladigan savollardan biri bu: maktabni bitirib Germaniyaga o’qishga bora olamanmi. Ko’pchilik bu savolga aniq javob bera olmaydi va har xil fikrlarni aytishadi. Men sizga aniq va ishonch bilan aytaman ,,HA“. Maktabni bitirib Studienkolleg qilsa bo’ladi. Shaxsan 11 yil maktabda o’qib, hozirda Studienkolleg qilayotgan odam bilan gaplashdim. Ma’lumot uchun hozirda u bola Bochum shaxridagi Studienkollegda o’qimoqda. Shunday ekan sizda ham imkoniyat bor. Vaqtni qo’ldan boy bermang. Ushbu maqola sizga ozgina bo’lsa ham foydasi tegdi degan umiddaman.  Qo’shimcha savol va tushunmovchiliklar bo’lgan bo’lsa men bilan aloqaga chiqing. Harakat qiling va Germaniyada talaba bo’lish baxtiga albatta erishasiz!!

5 thoughts on “Germaniyada Studienkolleg va bakalavr

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.