04/10/2024
Bloklangan hisob raqam

Bloklangan hisob raqam va kafillik xati

Bloklangan hisob raqam ochish va kafillik xati

Bloklangan hisob raqam ochish va kafillik xati Germaniyaga borishda muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik Germaniyaga bormoqchi bo’lganlarda uchraydigan savolllardan biri bu: qanday qilib ,,blok schet“ ya’ni bloklangan hisob raqam ochaman degan savol. Ushbu maqolada biz sizga bloklangan hisob raqam ochish bo’yicha kerakli ma’lumot va maslahatlarni beramiz.

Viza olishning eng muhim talablaridan biri bu moddiy mablag’ borligini tasdiqlovchi hujjat. Xo’p, bankda qancha pulim bo’lishi kerak? Sizdan kamida Germaniyada 1 yil muddatga yashash uchun moliyaviy mablag’inggiz borligini tasdiqlovchi hujjat so’raladi. Har oyiga 853 yevrodan jami 1 yil uchun 10 236 yevro miqdorida . Siz bu hujjatni quyidagi shakllarda taqdim etishinggiz mumkin:

  • Germaniya banklarida bloklangan hisob raqam;
  • Kafillik xati (Verpflichtserklärung);
  • Biror jamg’arma tomonidan oyida 853 yevro miqdorida stipendiya;

Stipendiyalar asosan DAAD, Humboldt va shunga o’xshagan jamg’armalar tomonidan ajratiladi. Bunda sizga yana bir qulaylik shuki, sizdan viza uchun to’lov olinmaydi.

 

Germaniya banklarida blok hisob raqam ochish.

Germaniya banklari chet el talabalari uchun  ,,bloklangan hisob raqam” xizmatini taklif qilishadi. Ushbu bank hisob raqamiga siz 10 236 yevro miqdorida omonatga pul qo’yasiz.  Germaniyaga kelganinnggizdan keyin har oy 853 yevrodan ishlatishinggiz mumkin. Birdan hamma summani yechib olishning iloji yo’q. Bir oyda ko’pi bilan 853 yevrogacha hisobingizdan pul yechib olishinggiz mumkin.

Qaysi banklarda bloklangan hisob raqam ochish mumkin?

Germaniyadagi barcha banklar ham sizga ushbu xizmatni taklif qilishmaydi. Faqatgina quyidagi 4 ta bankda bloklangan hisob raqam ochishinggiz mumkin:

Yuqoridagi banklarda hisob raqam ochish va qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun lavhaning ustiga bosish kifoya. O’z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, bularning orasida eng yaxshisi Fintiba. Hisob raqam ochish juda oddiy, hammasi internet orqali onlayn amalga oshiriladi. 10 daqida ichida ishim hal deyavering. Bundan tashqari sizga Fintiba sug’urta va bepul ISIC karta ham taklif qiladi. Shu tomonlari bilan qolganlaridan ajralib turadi. O’rtacha hisobda bloklangan hisob raqam sizdan 100 yevro xarajat talab qiladi. Bu bank xizmati uchun to’lov hisoblanadi. Fintiba bankda hisob raqam ochish uchun quyidagi lavhani ustiga bosing: Fintiba bloklangan hisob raqam.

Kafillik xati yoki Verpflichtserklärung.

Verpflichtungserklärung ya’ni kafillik xati – bu sizga Germaniyada kimdir kafil bo’lishidir. Germaniyadagi barcha xarajatlaringgizni kimdir o’z bo’yniga oladi. Odatda bu faqat rasmiyatchilik uchun qilinadi xolos. Nemislardan bunaqa kafillik olish juda qiyin. Chunki ular bunga shunchaki rasmiyatchilik deb emas, haqiqatda hamma xarajatini o’zim ko’tarishim kerak deb qarashadi. Shuning uchun birorta nemis tanishiz bo’lsa, kafillik so’rab o’tirmasanggiz ham bo’ladi😊

Kim kafil bo‘lishi mumkin?

Germaniyada hududida yashaydigan va doimiy ish joyiga ega bo’lgan fuqarolar. Bu yerda albatta kafilning oylik ish haqi ham rol o’ynaydi. Kafillik xati Ausländerbehörde tomonidan beriladi. Kafil bo’lmoqchi odam kerakli hujjatlar bilan Ausländerbehördega murojaat qilishi kerak. Bir martalik 29 yevro to’lov qilinadi va 5 yilgacha bo’lgan muddatga amal qiladigan hujjat beriladi. Kafilning xoxishiga ko’ra muddatidan avvalroq ham kafillik xati bekor qilinishi mumkin. Kafilga faqat bitta anketa to’ldirish va oylik ish haqidan ma’lumotnoma berish kiyofa. Ortiqcha va keraksiz hujjatlar talab qilinmaydi.

Bloklangan hisob raqam ochmasdan boshqa yo’llarni qidirish.

10 236 yevro pul bu kichik summa emas. Barchamiz buni juda yaxshi bilamiz. Bu ko’pchilikni Germaniyaga kelishiga to’sqinlik qilayotgan asosiy narsalardan biri. Xo’p nima qilish mumkin? Ko’pchilik qanaqadir firmalarga ishonib aldanib qolishmoqda. Lekin siz aldanib qolmang. O’z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishimim mumkin. Eng yaxshi yo’li shu summani topishdir. O’zbekda nima ko’p, qarindosh urug‘ va oshna og’ayni. Qarindosh shu vaqtda yordam qilmasa, yana qachon yordam qilishi mumkin. Bu pul Germaniyada bankda sizning hisob raqaminggizda turadi va hech qayerga ketmaydi. Germaniyaga kelgandan keyin o’z kunizni o’ziz bemalol ko’ra olasiz. Qarzga olgan pulinggizni esa eng uzog’i 1 yil ichida to’liq qaytarib bera olasiz. Shuning uchun har qanaqa firmalarga ishonmasdan o’zinggiz harakat qiling. Chunki hammasi o’z qo’linggizda. Maqsadinggiz sari olg’a boring!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.