Shengen vizasi va qaysi maqsadlar uchun olinishi.
Germaniyaga borishning maqsadi va muddatidan kelib chiqib viza 2 turda bo’ladi. Germaniya milliy vizasi va Shengen viza. Shengen viza Germaniyada va Shengen zona hududida 90 kungacha bo‘lish huquqini beradi. Bu Shengen viza bilan Germaniyaga kelib qolgan Yevropa davlatlariga bemalol borsanggiz bo’ladi degani. Odatda Yevropaga sayohat qilgani, tanish yoki do’stlarni yoniga, Germaniyada tibbiyot muolajalari, davolanish, Studienkolleg va shunga o’xshash imtihonlarga qatnashish, DAAD ning yozgi til kurslarida va hokazolar uchun Shengen vizasi beriladi. Safar boshlanishidan eng ko’pi bilan 6 oy oldin viza olishga ariza topshirishinggiz mumkin. Shengen viza olish tartibi qanday va Shengen vizasi olish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Hozir shu haqda gaplashamiz.
Vizaga ariza topshirish manzillari.
Shengen vizasiga hujjat topshirish hozirgi vaqtda Germaniya elchixonasida emas, balki Visametric xizmat ko’rsatish markazlarida amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda bunday markazlar O’zbekistonda 3 ta. Toshkent, Andijon va Buxoro shaxarlarida.
Toshkent shaxridagi Visametric markazi:
Sharof Rashidov shox ko’chasi 16, Ofis № A604, 6-qavat, Poytaxt biznes markazi,
Telefon: +998 (78) 120-09-93
Andijon shaxridagi Visametric markazi:
Hamkor biznes markazi, Boburshox ko’chasi 53, 3-qavat 312-xona
Telefon: +998 (78) 120-09-93
Buxoro shaxridagi Visametric markazi:
S.Ayniy ko’chasi 19a uy. Hamza nomidagi 17-maktab yonida
Telefon: +998 (78) 120-09-93
Bu markazlarda sizning hujjatlaringgiz qabul qilib olinib, ko’rib chiqish uchun Germaniya elchixonasiga yuboriladi. Istagan shaxardagi Visametric markazlariga murojaat qilishinggiz mumkin. Bu yerda yashash joyi hech qanday rol o’ynamaydi.
Viza to’lovlari va kerakli hujjatlar
Viza uchun to’lov 80 € qilib belgilangan. 5 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepul, 6-12 yoshdagi bolalar uchun esa 40 €. To’lov o’sha kungi kurs bo’yicha so’mda amalga oshiriladi.To’lovlarni naqd va plastik karta orqali to’lash mumkin.
Kerakli hujjatlar ro’yhati:
Safar maqsadidan kelib chiqib ro’yhat bir biridan ozgina farq qiladi.
- Qarindosh va do’stlarnikiga mehmonga borish
- Sayyohlik uchun
- Ish yoki xizmat safari
- Davolanish yoki tibbiy ko’rik
Kerakli hujjatlarni ro’yhatini yuklab olish uchun yuqoridagilardan birini tanlab ustiga bosing!
Viza uchun ariza blankasi odatda ikki nusxada to’ldiriladi. Siz o’zbek, rus ingliz va nemis tillarida ariza topshirishinngiz mumkin. O’zinggizga qulay va oson tilni tanlang. Ariza blanklarini yuklab olish:
Mavzu bo’yicha qo’shimcha savollar yoki anketa to’ldirishda muammolar bo’lsa biz bilan bog’laning. Ishonamanki sizga bu maqola ozgina bo’lsa ham foydali bo’ldi.