Germaniya milliy vizasi
Germaniya hududida 90 kundan oshiqroq vaqt bo’lmoqchi bo’lsanggiz sizga Germaniya milliy vizasi kerak bo’ladi. Milliy vizani olish uchun Siz Germaniya elchixonasiga murojaat qilishinggiz kerak, Visametric markazlariga emas! Visametric markazlarida faqatgina Shengen vizasiga ariza topshirish mumkin.
Ta’lim olish, ishlash, oilani birlashtirish va shunga o’xshash maqsadlar uchun odatda 3-6 oy yoki 1 yil muddatga sizga viza beriladi. Germaniyaga kelgandan keyin siz bu vizani muddatini uzaytirib ichki viza olishinggiz mumkin. Albatta maqsadinggizdan kelib chiqqan holda.
Viza uchun ,,Termin” belgilash.
Termin belgilash, bu nima degani? Viza olish uchun kerakli hujjatlarni siz elchixonaning konsullik bo’limiga topshirishinggiz kerak. Buning uchun siz ariza berish uchun oldindan ro’yhatdan o’tishinggiz kerak. Hujjat topshirish yoki ro’yhatdan o’tish uchun turli xizmat ko’rsatuvchilarga murojaat qilmang. Chunki ro’yhatdan o’tish bepul va juda oson. Shaxsiy ma’lumotlaringgizni to’g’ri kiritsanggiz bo’lgani. Ro’yhatdan o’tish uchun pastdagi havolaning ustiga bosing. Ma’lumotlar o’zbek va rus tillarida:
Viza uchun oldindan elektron ro’yhatdan o’tish.
Kerakli hujjatlar va eslatmalar.
Hujjatlar ro’yhati bir biridan safar maqsadiga qarab bir oz farq qilishi mumkin. Safar madsadlari va kerakli hujjatlar ro’yhati:
O’zinggizga kerakli bo’lganini tanlab ustiga bosing. Qo’shimcha ma’lumotlar va eslatmalarni pdf formatda yuklab olasiz.
Ariza uchun anketani o’zinggiz istagan tilda to‘ldirsanggiz bo’ldi. Bularga : o’zbek, rus nemis va ingliz tillari kiradi. Arizani qo’lda yoki kompyuterda to’ldirish ham o’zinggizga havola. Ariza anketasini bu yerdan topasiz:
Milliy viza olish uchun anketa.
Viza uchun to’lov.
Milliy viza uchun to’lov o’sha kungi kurs bo’yicha 75 yevro miqdorida o’zbek so’mida amalga oshiriladi. To’lovlarni naqd yoki plastic karta orqali amalga oshirsanggiz bo’ladi.
Vizani ko’rib chiqish muddati o’rtacha 6-8 haftani tashkil qiladi. Ayrim hollarda 3 oygacha ham cho’zilishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ertaroq hujjat topshiring. Hujjatlaringgizda kamchilik bo’lmasa va suhbatdan yaxshi o’tsanggiz odatda hech qanday muammosiz sizga viza beriladi. Suhbat asosan o’zbek yoki rus tillarida bo’ladi. Albatta orada nemis tilida ham savollar bo’ladi. Nemis tilini qancha yaxshi bilsanggiz, sizda shuncha ko’p imkoniyat bor degani. Bu albatta mening shaxsiy fikrim.
Hujjat topshirish yoki oldindan ro’yhatdan o’tish bo’yicha savol yoki muammolar bo’lsa, biz bilan bog’laning.